Loyiha Londonda va unga tutaş şaharlardagi vatandoş xotin-qizlarni birlaştiriş, ularning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga kömaklaşiş hamda özaro tajriba almaşiş maydonini yaratiş maqsadida iş boşladi.
"Tömaris" ayollar jamoat birlaşmasi taşkil etilganiga bağişlangan tadbir tantanali ruhda ötkazildi. Unda turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan xotin-qizlar, jamoat arboblari iştirok etdi. Iştirokçilarga jamiyatning asosiy vazifalari, rejalari va maqsadlari haqida ma’lumot berildi.
Birlaşma öz oldiga Britaniyadagi vatandoş xotin-qizlarning ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning bilim va malakalarini oşiriş uçun treninglar, mahorat darslari, madaniy va ma’rifiy tadbirlarni taşkil qilişni maqsad qilgan.
Şuningdek, birlaşma mamlakatning milliy qadriyatlari va zamonaviy rivojlaniş jarayonlarini xalqaro miqyosda tarğib etişga xizmat qiladi.












