O‘zbekistondan Rossiyaga uyushgan tartibda mehnat migrantlarini yuborish 3,4 baravarga kamaydi
2022 yilning 10 oyida O‘zbekistonning 25 mingga yaqin fuqarosi ishlash uchun uyushgan tartibda Rossiyaga yuborilgan. 2021 yilda bu ko‘rsatkich qariyb 85 mingga teng edi.
«2022 yilning o‘n oyi davomida 24 985 nafar O‘zbekiston fuqarosi uyushgan tartibda Rossiyaga ishlash uchun yuborildi», deb xabar berdi Interfax Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga tayangan holda.
2021 yilning o‘n oyi davomida 84 574 kishi O‘zbekistondan uyushgan tarzda Rossiyaga ishlash uchun yuborilgan edi. Demak, bunday jarayon natijasida mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish 3,4 barobar kamaygan.
2017 yil aprelida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun uyushgan tarzda jalb qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan edi.
2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida 1,2 million nafar O‘zbekiston fuqarosi ishlamoqda. Bu xorijda mehnat qilayotgan mamlakat fuqarolarining qariyb 70 foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
18:44 / 19.11.2024
Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinchi zarbani berdi
16:48 / 19.11.2024
Rossiyada yadroviy portlashdan himoyalovchi mobil boshpanalarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi
13:31 / 19.11.2024