Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda rulsiz va pedallarsiz avtomobil ishlab chiqildi
Waymo kompaniyasi taqdim etgan yangi MINIVAN o‘z-o‘zini haydovchisiz boshqaradi.
Foto: carsales.com.au
Waymo kompaniyasi to‘liq elektr bilan yuradigan yangi MINIVAN’ni taqdim etdi. Mashina rul va pedallarsiz ishlab chiqilgan. Bu vazifalarni uchta sensorli ekran bilan bajarish mumkin. Bundan tashqari, sensor ekranlardan manzilni tanlash uchun ham foydalaniladi.
Mashinada 5 kishilik o‘rindiqlar mavjud. Shuningdek, MINIVAN ichini dam olish joyi, yig‘ilishlar uchun ko‘chma ofis, bolalar o‘qishi uchun xona yoki dam olish hududiga aylantirish ham mumkin. Mashina hozircha sinovdan o‘tkazilyapti.

Ma’lumot uchun, odatda haydovchisiz mashinalar odamlarni, belgilarni va xavflarni aniqlash uchun sun’iy intellekt yordamida qayta ishlanadigan yuz minglab ma’lumotlar bazasi bilan o‘qitiladi.

Kompyuterlar tarmog‘i ma’lumotlarni qayta ishlaydi, ular GPS bilan birgalikda atrofdagi harakatlanuvchi va harakatlanmayotgan obektlarni real vaqt rejimida shakllantiradi. Old oynaga o‘rnatiladigan to‘lqinli radar va kamera yo‘l belgilari, yo‘lning egri chiziqlari, yo‘lda kimlar harakatlanayotganini aniqlaydi.
Mavzuga oid
11:04 / 23.12.2025
Noyabr oyida avtobozor: sotuvlar tendensiyasi va asosiy ko‘rsatkichlar
11:08 / 19.12.2025
O‘zbekistonda eko-stikerlar: kimlarga shart emas va qanday olinadi?
15:08 / 17.12.2025
Toshkentga viloyatlardan avtomobil kirishi cheklanmaydi - hokimlik
22:01 / 15.12.2025