09:13 / 26.11.2022
5680

O‘zbekiston Ispaniya Ipak instituti mukofotiga sazovor bo‘ldi

Ispaniya Ipak institutida O‘zbekistonga tarixiy yo‘lni saqlab qolish va «Ipak yo‘li» sivilizatsiyalararo sayyohlik yo‘nalishini muvaffaqiyatli rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Uzbekistan, Silk Spain Friendly  mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Metall haykalcha uslubida ishlangan kaptarni ifodalovchi mukofotni Ispaniya Ipak instituti prezidenti Fernando Molina Pons O‘zbekiston elchisi Jahongir G‘aniyevga topshirdi.    

Tadbir davomida Bioparc kompaniyasi ipak san’ati, uni yetishtirish va qayta ishlashga bag‘ishlangan Alquería del Rey loyihasi uchun, Valensiya porti ma’muriyati Bio Galleon’ni nishonlashda qo‘llab-quvvatlagani uchun hamda Oliy Ipak san’ati maktabi Valensiyada ipak tarixi va istiqbolini yoyishda yaqindan hamkorlik qilgani uchun Valencia BioSeda Creativa («Valenciya ijodiy bio-ipak») mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

Foto: Dunyo

Tadbir doirasida Valensiya viloyati turizm sohasi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar, xususan, Ispaniya Ipak instituti Prezidenti Fernando Molina Pons, Gaceta del Turismo nashri bosh muharriri Rafael Minyana va Oliy Ipak san’at instituti maktabi Prezidenti Gonsalo Xulian Ordunya bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida turizm va pillachilik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga oid maqolalar chop etish, 2023 yilda milliy liboslar ko‘rgazmasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Top