Ispaniya parlamentining quyi palatasi – Deputatlar kongressi 30 may, payşanba kuni Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari uçun amnistiya töğrisidagi qonunni qabul qildi. Tegişli qonun loyihasini 177 deputat qöllab-quvvatladi, 172 nafari qarşi çiqdi. 2017 yilda Ispaniyaning uşbu şimoli-şarqiy mintaqasidan ajralib çiqiş böyiça muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin mamlakat sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilgan 400 ga yaqin kataloniyalik faol amnistiyaga tuşişi taxmin qilinmoqda. Ular orasida Kataloniya jyeneralitetining sobiq prezidenti (hukumat raisi) Karles Puçdemon ham bor, u uzoq yillik surgundan keyin vataniga qaytiş niyatida.
Qonun Ispaniya qonun çiqaruvçi organining rasmiy resursida e’lon qilinganidan söng yaqin kunlarda kuçga kiradi, deya xabar beradi dpa.
Ispaniyada - amnistiya qonuniga qarşi namoyişlar
26 may kuni Madrid markazida Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes siyosatiga qarşi navbatdagi norozilik namoyişi bölib ötdi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, muxolifatdagi Alberto Nunes Feyxoo Xalq partiyasi (XP) tomonidan taşkil etilgan namoyişda 20 mingga yaqin odam iştirok etgan. Ular Sançesning hukumat rahbari lavozimidan ketişini talab qildi.
Tadbirda sözga çiqqan konservator Feyxoo sotsialist Sançesni «suiiste’mollik va haddan oşib ketişda» ayblab, uni Kataloniya bölginçilariga nisbatan amnistiya töğrisidagi qonun loyihasini qaytarib olişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, Sançes hukumati siyosati tufayli «mamlakat boşi berk köçaga kirib qolgan». Muxolifatçining ta’kidlaşiça, Ispaniya - «barça fuqarolar qonun oldida teng bölgan huquqiy davlat».
Amnistiya töğrisidagi qonun loyihasi - Sançesning Kataloniya partiyalariga yonbosişi
Ispaniyada bir neça oydirki, Sançesning kataloniyalik bölginçilarni afv etiş rejasiga qarşi namoyişlar bölib ötmoqda. 2023 yilda ötgan sönggi parlament saylovlarida ikkinçi örinni egallagan va Xalq partiyasidan konservatorlarga yetakçilikni boy bergan Sançes boşçiligidagi Ispaniya Sotsialistik işçilar partiyasi Kataloniyaning ikki partiyasi bilan 2017 yil Kataloniya mustaqilligini e’lon qilişga bölgan muvaffaqiyatsiz urinişda iştirok etgan siyosatçilarni amnistiya qiliş böyiça kelişuvga erişdi.
Muvaffaqiyatsiz referendumdan söng Belgiyaga qoçgan Puçdemon may oyi örtalarida 12 maydagi saylovlardan söng u yerda ozçilik hukumatini boşqariş uçun Barselonaga qaytişni istayotganini e’lon qilgan edi.








