Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastin davlatini tan olişga qaror qildi. Bu haqda uşbu mamlakatlar davlat boş vazirlari 22 may knui e’lon qildi. Tan oliş haqidagi qaror uçala davlatda ham 28 maydan kuçga kiradi.

“Bugun Irlandiya, Norvegiya va Ispaniya Falastin davlatini tan olişini e’lon qilmoqda. Bu qaror kuçga kirişi uçun qanday milliy harakatlar zarur bölsa, amalga oşiramiz”, – dedi Irlandiya boş vaziri Simon Harris Dublindagi matbuot anjumanida.

“Falastin mustaqil davlatga ega böliş huquqiga ega. Yaqin Şarqda busiz tinçlik bölişi mumkin emas”, – dedi Norvegiya boş vaziri Yonas Gar Stere.

Uning qöşimça qilişiça, hududiy delimitatsiya 1967 yilgaça bölgan çegaralarga asoslanişi kerak. 

Stere mojaroni ikki davlat asosida hal qiliş ğoyasini qöllab-quvvatladi va Norvegiya bayonoti boşqa davlatlar uçun örnak bölib, ularni Falastinni davlat sifatida tan olişga undaşiga umid bildirdi.

Bunga javoban Isroil Irlandiya va Norvegiyadagi elçilarini çaqirib oladigan böldi. Isroil taşqi işlar vaziri Israel Kats. U bunday harakatni Dublin va Oslo tomonidan HAMAS harakati va terrorizmni qöllab-quvvatlaş deb baholagan.

Şu tariqa, Falastin davlatini tan oladigan BMT a’zolari (jami 193 ta) soni 146 taga, Yevropa Ittifoqi a’zolari soni esa 12 taga yetdi. Tez orada Sloveniya va Malta ham Falastinni tan olişini e’lon qilişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Falastin 2012 yil noyabr oyida BMTga kuzatuvçi davlat maqomida qabul qilingan.

Isroil-Falastin mojarosi

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 35 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.