"Dunyo" xabariga köra, mazkur bitim kompaniyaga sakkizta yangi yönalişda, jumladan Panama Siti, Kankun, Dominikan Respublikasi, Punta-Kana, Kolumbiya, Mayami, Nyu-York va San-Pauluga kiriş imkonini beradi.
"Air Europa bilan hamkorlik biz uçun Şimoliy va Janubiy Amerikaga eşiklarni oçdi. Bunday hamkor bilan biz ilgari yopiq bölgan okeanlarni kesib ötib, yangi ufqlarni oçamiz. Biz havo transportida yuk taşiş bozorida yetakçilardan bölişga manfaatdormiz hamda uşbu manfaatli hamkorlik orqali bu maqsadga yanada tezroq erişamiz", dedi My Freighter kompaniyasi raisi Abdulaziz Abdurahmonov.
Air Europa Cargo boş direktori Jordi Pike ham erişilgan kelişuvdan mamnun ekanligini ta’kidladi. "Madrid-Baraxas markazidagi strategik joylaşuvimiz tufayli biz Osiyodan Amerikaga havo transportida yuk taşiş xizmati geografiyasini kengaytirişimiz mumkin", dedi u.
Air Europa Cargo va My Freighter kompaniyalari örtasida tuzilgan bitim Yevropa va Markaziy Osiyoda logistika tizimlarini integratsiyalaşuvi yölidagi muhim qadam bölib, buning natijasida yaqin yillarda ikki mintaqa örtasida taşiladigan yuklar hajmi sezilarli darajada oşişi kutilmoqda.











