“Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun ijrosini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2024 yil yakunigaça E-anticor.uz elektron platformasida manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatlarni aniqlaş va onlayn monitoring qiliş imkonini beruvçi elektron modul işga tuşiriladi.

Manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatlarni aniqlaşda jamoatçilik iştirokini ta’minlaş maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:

➖davlat organlari va taşkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar töqnaşuvi holatlari böyiça tegişli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlaşda faol yordam bergan şaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli beriş;
➖Respublika idoralararo komissiyasining işçi organlari tomonidan har çorakda davlat organlari va taşkilotlarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgan holatlar, ularni bartaraf etiş, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş böyiça körilgan çoralar haqida jamoatçilikni xabardor qilib boriş.

2024 yil 1 oktyabrgaça manfaatlar töqnaşuvini hisobga oliş reyestri, mavjud manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi xabarnoma va ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiyaning namunaviy şakllari tasdiqlanadi.