Pele og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
Dunyoning eng yaxshi futbolchisi, braziliyalik Pele turli xil shishlar va yurak yetishmovchiligi tufayli shifoxonaga yotqizildi.
Braziliyalik sobiq futbolchi Pele 29 noyabr kuni kutilmaganda San-Paulu shifoxonasiga yotqizildi. Uning tanasida ko‘plab shish va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. Futbolchining qizi uning shifoxonada ekanini tasdiqlagan.
Pele ichaklari, jigari va o‘pkasida o‘smalar paydo bo‘lgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Biroq uning foydasi bo‘lmagani aytilmoqda. 30 noyabr kuni Pele yana tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Pele 82 yoshda. 2021 yil sentabr oyida u yo‘g‘on ichakdagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilindi. 2022 yilda esa uchta xavfli o‘sma va siydik yo‘llari infeksiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgan edi.
Edson Arantes du Nasimentu yoki «Pele» uch marta (1958, 1962, 1970) jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
17:08 / 02.11.2024
Braziliyada kattaligi chumoliday keladigan qurbaqa topildi
09:30 / 21.10.2024