Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda prokurorning xizmat mashinasi YTHga uchradi
G‘ozg‘on shahar prokurorining xizmat mashinasi qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan mashina bilan to‘qnashib ketgan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda G‘ozg‘on shahar prokurori ishtirokida YTH sodir bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. boshqaruvidagi Lasetti mashinasi Navbahor tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududida, yo‘lning keskin burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, fuqaro M.O. boshqaruvidagi Lasetti bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida fuqaro M.O. hamda G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. tan-jarohati olgan. Mashina haydovchisi yonida bo‘lgan G‘ozg‘on shahar prokurori B.Isoqov tan-jarohati olmagan.
Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiy, avtotexnika va boshqa ekspertizalar tayinlangan.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026