O‘zbekiston | 18:54 / 09.12.2022
3669
2 daqiqa o‘qiladi

“Universalbank” ATB faoliyati “Barqaror” reyting darajasida deb baholandi

Foto: Universalbank

 2022 yil 2 dekabr kuni xalqaro nufuzli Fitch Ratings reyting kompaniyasi ATB “Universalbank” kredit reytingini “B-”, istiqboli “Barqaror” reyting darajasida baholadi.

Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi hamda mijozlari va hamkorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi.

Xalqaro Fitch Ratings reyting kompaniyasi tomonidan ATB “Universalbank”ning 2022 yildagi faoliyati bo‘yicha risk profilini belgilash ko‘rsatkichi “b-“ toifaga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha xulosa berilgan bo‘lib ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 1 pog‘ona ko‘tarilgan.

Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi. Bank sarmoyalari kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting ATB “Universal bank” faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi.

Reklama

Mavzuga oid