Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qalin tuman Namangan aeroporti faoliyatini vaqtincha chekladi
Namanganda meteorologik sabablarga ko‘ra havo kemalarini xalqaro aeroportga qabul qilish va jo‘natish vaqtincha to‘xtatildi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Jazeera Airways aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yo‘l olgan J9645 reysi Qirg‘izistonga yo‘naltirildi. Samolyot Bishkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qo‘ndi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Omsk-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY9810 reysi Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da kelib qo‘ndi. Soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Sochi) reysining uchishi esa kechiktirildi. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda, shundan so‘ng u belgilangan manzilga uchib ketadi.
Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uchib kelishi kerak bo‘lgan Flydubai aviakompaniyasining FZ781/782 yo‘lovchi reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchish aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.
Namangan aeroportida xabar qilinganidek, ob-havo sharoiti asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin bir necha soat ichida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:46 / 20.06.2026
Namanganda qalbaki dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:38 / 29.05.2026