Namanganda tergovçi va advokat pora bilan uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Namangan viloyati IIB Tergov boşqarmasi tergovçisi özining iş yurituvida bölgan, Çust tumanida yaşovçi 20 yoşli şaxsga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini uning foydasiga ijobiy hal qilib, tugatib yuboriş evaziga işga aloqador bölmagan advokat orqali 40 ming dollari talab qilgan.
DXX xodimlari tomonidan Çust tumanida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda advokatlar hay’ati advokati gumonlanuvçining otasidan 40 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, advokatdan 30 ming dollar olgan vaqtida tergovçi ham qölga olingan.
Tergovçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş), advokatga esa 212-moddasi (pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Avvalroq Qaşqadaryoda IIB xodimi pora bilan uşlangandi.

















