Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bunyodkor shohko‘chasida 3 ta avtomobil to‘qnashdi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi “Novza” jome masjidi qarshisida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
2022 yil 14 dekabr kuni soat 15:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar qilyapti.

Haydovchilar: 2003 yilda tug‘ilgan Sh.S. boshqaruvidagi Nexia-3 transport vositasi, 1972 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi Lacetti transport vositasi va 1990 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi Labo transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida Lacetti transport vositasi haydovchisi Sh.X. tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026