“Toşşahartransxizmat” AJ axborot xizmati ma’lumotiga köra, voqea 14 may kuni soat taxminan 08:20 larda sodir bölgan.
69-sonli yönalişda harakatlanayotgan Yutong rusumli avtobus haydovçisi Şota Rustaveli köçasidagi maxsus BRT tasmasi böylab harakatlanib kelayotgan vaqtda, “Şota Rustaveli — Yakkasaroy” köçalari kesişmasida Tracker avtomobili bilan töqnaşgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Tracker haydovçisi harakat yönalişini keskin çap tomonga özgartirgani oqibatida avariya yuz bergan.
YTH natijasida avtobus yölovçisi — 1991 yilda tuğilgan T.M., şuningdek, Tracker haydovçisi A.T. va uning yölovçisi K.I. tan jarohati olib, 16-sonli şifoxonaga murojaat qilgan.
Ma’lum qilinişiça, dastlabki xulosalarga köra, hodisada Tracker haydovçisi aybdor deb topilgan. Yöl-transport hodisasi Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan.








