Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:43 / 20.12.2022
11461
2 daqiqa o‘qiladi
Alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslar pensiyasiga ustama haq to‘lanadi
Foto: Kun.uz
Hukumatning “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- ixtisoslashgan tibbiy muassasalar shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi maxsus ish staji asosida ularga imtiyozli pensiya tayinlash;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda o‘gay ota va/yoki o‘gay ona vafot etgan o‘gay o‘g‘il (qiz)ni tarbiyalagani yoki boqqanini aniqlash tartibi;
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi vafot etgan boquvchi pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblash;
- O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslar pensiyasiga pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 100 foizidan 150 foizigacha bo‘lgan miqdorda ustama haq to‘lash;
- I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqtni ish stajiga qo‘shib hisoblash;
- shaxsga I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo‘linganda, ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiyani har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblash;
- ish haqi yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini qayta hisoblab chiqish tartibi.
O‘zbekiston hukumati ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:37 / 16.02.2026
B2 uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz: kasbiy ta’lim pedagoglariga oylik ustama taklif qilindi
10:03 / 12.02.2026
Ayrim texnikumlar xodimlariga 100 foizlik ustama belgilandi
14:00 / 02.02.2026
“Sport targ‘ibotchisi”ga ustama: 20 foiz qo‘shimcha to‘lov belgilandi
14:24 / 08.01.2026