Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda arzon ijtimoiy uy-joy qurish bo‘yicha Turkiya tajribasi qo‘llanadi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Turkiya Davlat uy-joy boshqarmasi (TOKI) rahbari Omer Bulut bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Turkiya aholisi uchun arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha TOKI faoliyatini yuqori baholadi hamda ilg‘or turk texnologiyalari va tajribasidan foydalangan holda uy-joy qurilishi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.
Omer Bulut O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ta’kidlar ekan, qo‘shma istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish, texnik va maslahat yordami ko‘rsatish, keyingi 5 yil uchun «Ijtimoiy uylar yaratish strategiyasi»ni ishlab chiqishga ko‘maklashish doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
Muloqot yakunlari bo‘yicha tomonlar arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha Turkiya tajribasidan foydalangan holda kelgusi hamkorlik tashkiliy jihatlarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishdi.
Mavzuga oid
08:47 / 19.06.2026
May oyida Toshkent uy-joy bozorida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
11:00 / 17.06.2026
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga oid qonunchilik yangilandi
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026