Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:59 / 23.12.2022
2132
2 daqiqa o‘qiladi
Davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkaziladi
Foto: Shutterstock
Prezident tomonidan imzolangan yangi qonun bilan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga quyidagi yangi tushunchalar kiritildi:
- genderga oid audit – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, genderga doir kompleks yondashuvni o‘rganish va baholash;
- genderga doir kompleks yondashuv – davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatini, kadrlar siyosatini olib borishni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;
Genderga oid audit asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar soni nisbatini o‘rganish;
- davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganish;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilik ijro etilish holatini baholash;
- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Genderga oid audit tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkaziladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:52 / 20.02.2026
Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi
14:52 / 14.11.2025
“Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy deb topiladi
23:42 / 16.10.2025
O‘zbekistonda ayollar erkaklardan ko‘proq umr ko‘rishi ma’lum bo‘ldi
19:00 / 23.12.2024