Jahon | 20:27 / 23.12.2022
11213
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada xorijliklarga uy sotishni taqiqladi

Kanada parlamenti uy-joyni maxsus tovar deb qaror qildi. 

Foto: Reuters

2023 yildan Kanadada xorijliklarga turar joylarni sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi, mamlakat parlamenti bunga yozda ovoz bergan. 

Canada Mortgage and Housing Corporation milliy uy agentligi bitimlar cheklanganini tasdiqladi, bu tashkilot davlat ipoteka sug‘urtachisi sifatida ham ishlaydi. 

Kanada qonunchilari fikriga ko‘ra, ushbu qonun mamlakat aholisi uchun hamyonbop uy-joylar miqdorini oshirishi kerak. Yangi me’yorlar 2 yil davomida amal qiladi va uzaytirilishi mumkin. 

Istisno tariqasida Kanadada ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan chet elliklar (shu jumladan vaqtinchalik ishlovchilar), shuningdek qochqinlik maqomini olish uchun ariza berganlar yoki bunday maqomni olganlar, bir qator shartlarga rioya qilgan holda Kanada universitetlarida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar ham uy-joy sotib olishi mumkin bo‘ladi. 

Ushbu qonunni buzgan shaxslar 10 ming Kanada dollari (taxminan 85 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin, shuningdek, qoidani chetlab o‘tgan holda xarid qilingan uyni sotishi kerak bo‘ladi. 

«Uy-joy tovar bo‘lmasligi kerak. Qonun uylar faqat Kanada fuqarolariga tegishli bo‘lishini kafolatlaydi», dedi Ahmad Husayn, uy-joy, xilma-xillik va inklyuzivlik departamenti rahbari. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid