O‘zbekiston | 11:42 / 26.12.2022
14406
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Foto: Kun.uz

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, Turkmaniston hududidan nam va iliq havo kirib kelishida faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘adi, shimolda va cho‘l hududlarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 

Kunduzi havo harorati 7-12 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

28 dekabrda nam havo massasi janubiy viloyatlardan respublikaning markaziy hududlariga siljiydi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

29-30 dekabr kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi harorat 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushadi. Ushbu haftada tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Mavzuga oid