Jahon | 08:58 / 29.12.2022
11552
3 daqiqa o‘qiladi

Yirik kompaniyalar Rossiya tankerlari uchun urush xavfini qoplab bermaydi

Britaniyaning Lloyd's va Shveytsariyaning Swiss Re kabi dunyodagi eng yirik qayta sug‘urta kompaniyalari 2023 yilda Rossiya, Ukraina va Belarusda kema egalari va kemani kiraga oladigan kishi yoki tashkilotlar uchun harbiy xavflarni qoplab bermasligini e’lon qildi.

Foto: Reuters

Dengiz o‘zaro sug‘urta klublari (P&I Clubs) xalqaro guruhiga kiruvchi qayta sug‘urtalash kompaniyalari 2023 yilda Rossiya, Ukraina va Belarusdagi kema egalari va ijarachilari uchun harbiy xavflarni qoplamasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters. Gap Britaniyaning Lloyd's, Germaniyaning Munich Re va Hannover Rueck yoki Shveytsariyaning Swiss Re kabi kompaniyalari haqida bormoqda - ular birgalikda dunyo yuk flotining 90 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlaydi.

Qayta sug‘urtalovchilar odatda o‘z mijozlari, kemalarni bevosita sug‘urtalovchi sug‘urta kompaniyalari bilan 12 oylik shartnomalarini 1 yanvar kuni yangilaydilar. Biroq, 23 dekabr kuni Britaniya va Amerika P&I klublari o‘z a’zolari Rossiya, Ukraina va Belarusning hududiy suvlarida yoki quruqlik hududida yuzaga keladigan qayta sug‘urtalash majburiyatlarining bir qismini olib qo‘yishini e’lon qildi. Amerikalik va britaniyalik hamkasblaridan boshqa G‘arb P&I klublari ham o‘rnak oldi.

Qayta sug‘urtalovchilardan sug‘urta javobgarligini cheklash endi zanjir bo‘ylab dengiz sug‘urtalovchilariga o‘tishi kutilmoqda. Natijada, Rossiya, Ukraina yoki Belarusga yoki Rossiyadan yuk olib ketayotgan kema egalari va ijarachilariga o‘z parvozlarini sug‘urtalash qiyinlashadi. Bunday sug‘urta narxlari oshadi, ba’zi kemalar esa butunlay sug‘urtasiz qolishi mumkin, deb yozadi Reuters tarmoq vakillariga tayanib.

26 dekabr kuni Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiyada neft tankerlarini sug‘urtalashda muammolar borligini tan oldi. Novakning ta’kidlashicha, bu muammolar «hal qilinmoqda»: rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Rossiya milliy qayta sug‘urta kompaniyasini kapitallashtirishga muvaffaq bo‘lgan va «do‘st» mamlakatlar bilan ham bu yo‘nalishda ishlamoqda.

Reuters xabariga ko‘ra, bir necha kun avval Yaponiya rasmiylari sug‘urtachilarni Rossiya hududiy suvlarida STG tankerlarini sug‘urtalashni davom ettirishga chaqirdi.

Mavzuga oid