Jamiyat | 16:59 / 30.12.2022
21976
4 daqiqa o‘qiladi

Qanday qilib texnika xarid qilishda aldanib qolmaslik mumkin?

Hozirgi kunda istalgan texnikani topish va xarid qilish juda oson. Ayniqsa, bozorlarda har qanday texnikani sotib olish imkoniga egasiz. Ammo ayrim sotuvchilar qalbaki texnikalarni “sifatiga gap yo‘q”, “original mahsulot”, “garantiyasi bor” deb sotishadi. Tabiiyki, ular original texnikalardan biroz arzonroq bo‘lishi mumkin. Biroq, qanday qilib bunday texnikalarni xarid qilishda aldanib qolmaslik mumkin? Axir, bunday mahsulotlar anchagina qimmat va biz ulardan uzoq muddat foydalanishni istaymiz.

Foto: Texnomart

Original mahsulot bozordagi qalbaki mahsulotdan qanday farq qiladi?

Texnika xarid qilishda sotuvchi sizga qalbaki mahsulotni taklif qilib, ushbu texnika asl mahsulotdan hech qanday farq qilmasligini aytadi. Biroq, original texnikani xarid qilib, siz mahsulotning sifatiga bemalol ishonishingiz mumkin. Sababi, siz mahsulotni oddiygina sotuvchidan emas, balki kompaniyadan xarid qilasiz. Hattoki, sizga yaxshi tanish bo‘lgan logotipga ega qutidagi texnikani xarid qilganingizda ham uning ichida qalbaki texnika bo‘lishi mumkin. Texnikalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiy diler yoki zavoddan xarid qiladigan sotuvchilar sizga rasmiy sertifikatni taqdim etishadi. Biroq, mashhur brendlarning original mahsulotlarini xarid qilish ham oson emas. Agar mahsulot chet eldan rasmiy yo‘l bilan emas, balki aylanma yo‘llar bilan noqonuniy tarzda olib kelingan bo‘lsa, ular mahsulot sifati va xususiyatlarining muvofiqlik tekshiruvidan o‘tkazilmagan bo‘ladi. Vijdonsiz sotuvchilar esa avval foydalanilgan texnikalarni yangidek ko‘rinishda qadoqlab, sotishadi.

Qalbaki texnikani xarid qilish qanday oqibatlarga olib keladi?

  • Ularni xarid qilganingizdan so‘ng, ozgina vaqt o‘tgach, ular ishdan chiqishi va hattoki mutlaqo tuzatib bo‘lmas holatga kelish ehtimoli ham bor.
  • Ba’zida norasmiy texnikalar savdosida avval ulardan ma’lum vaqt foydalanib, so‘ng qo‘lbola usulda qadoqlab sotish holatlari ham uchraydi.
  • Texnikani xarid qilganingizdan so‘ng, uning to‘plamidagi barcha kerakli moslamalar yetishmasligi yoki sifatsiz bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas. Sababi, ba’zida sotuvchilar ularni alohida sotishadi.

Eng katta muammo  bunday vaziyatga duch kelganingizdan so‘ng, sizda quyidagi holatlar bo‘lishi mumkin:

  • Xarid qilgan sotuvchingiz yoki do‘koningizni topa olmasligingiz;
  • Sotuvchi sizdagi muammo uning «kafolat» shartlariga kirmasligini aytishi;
  • Nosozlikni tuzatish uchun servis markaz mavjud emasligi;
  • Sotuvchi sizni ushbu do‘kondan xarid qilganingizni rad etishi.

Yuqoridagi xavf va muammolardan xalos bo‘lish uchun eng to‘g‘ri yechim – turli brendlar bilan rasman hamkorlikda faoliyat olib boradigan do‘konlardan xarid qilishdir.

Bunda sizga texnomart do‘konlar tarmog‘i yordam beradi

Texnomart Apple, Samsung, Xiaomi, Huawei, LG, Bosch, Haier, Beko, Philips, Tefal, Polaris, Hofmann, DELL, Lenovo, HP, Acer, Asus, Indesit, Panasonic, Roison, Sony, Hisense, Toshiba, Braun, Rowenta va 400 dan ortiq brend bilan rasmiy hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Ya’ni, texnomart mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan xarid qiladi. Bu esa xaridorlarga faqat original texnikalarni xarid qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ushbu do‘kondan xarid qilib, sizga quyidagi imkoniyat va qulayliklarga ega bo‘lasiz:

  • Rasmiy kafolat;
  • Bepul yetkazib berish;
  • Hech qanday penyasiz muddatli to‘lov;
  • Chegirma, sovg‘a va yutuqlarga ega bo‘lish imkoni.

Batafsil ma’lumot uchun: +99871 209 99 44

Facebook: fb.com/texnomart

Instagram: @texnomart

Telegram: t.me/texnomart

Veb-sayt: texnomart.uz

Mavzuga oid