SmartThings zonasining oçiliş marosimida kundalik hayotga uyğunlaşib keta oladigan turli xil qurilmalar taqdim etildi: smart televizorlar va sovitkiçlardan tortib xavfsizlik tizimlarigaça. Taşrif buyuruvçilar nafaqat Samsung mahsulotlarini amalda körişlari, balki uy boşqaruvini imkon qadar osonlaştira oladigan foydali qurilmalarni sinab körişlari, şuningdek, maişiy texnika va gadjetlar sovrin sifatida yutiladigan öyinda iştirok etişlari mumkin böldi.

Samsung SmartThings — bu aqlli uy ekotizimidir. U yagona ilova yordamida bir neçta qurilmalarni boşqariş imkonini beradi. Tizimning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:

Qurilmalar integratsiyasi: SmartThings Samsung mahsulotlari hamda aqlli uyga mos boşqa keng turdagi qurilmalarni qöllab-quvvatlaydi. Bu foydalanuvçilarga barça qurilmalarini yagona qulay tizimga ulaş imkonini beradi.

Smartfondan boşqariş: boşqaruv töliq SmartThings mobil ilovasi orqali amalga oşirilganligi sababli foydalanuvçilar endi qurilmalarini dunyoning istalgan nuqtasidan boşqara oladi. Bu esa yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.

Şaxsiy ssenariylar yaratiş: SmartThings sizga avtomatlaştirilgan ssenariylar yaratişga imkon beradi. Misol uçun, uyga kelganingizda çiroqlar yonadi, xona harorati optimal darajaga tuşadi va turli gadjetlarda musiqa ijro etiladi. Bularning barçasi yagona dastur nazorati ostida böladi.

Kuzatuv va xavfsizlik: SmartThings yordamida foydalanuvçilar kameralar va datçiklarni ulaşlari mumkin. Bu ularga jonli ravişda uy xavfsizligini kuzatiş va şubhali harakatlar haqida bildirişnomalar oliş imkonini beradi.

AI yordamida energiya sarfini boşqaring: SmartThings unga ulangan qurilmalarning energiya sarfini optimallaştirişga yordam beradi. Bu nafaqat qulay, balki energiya uçun xarajatlaringizni ham optimallaştiradi.

SmartThings’dan foydalaniş uçun ilovani Galaxy Store, Google Play Store yoki SmartThings’dan yuklab oling. Haqiqatga aylanib ulgurgan kelajakning bir qismi böling! SmartThings ekotizimi qay tarzda uyingizni özgartirişi va haqiqiy aqlli uyga aylantirişini bilib oling.