Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvar kungi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 1 yanvar, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:52 / 30.01.2026
Hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
21:41 / 29.01.2026
Fevral oyi yanvarga nisbatan iliqroq bo‘lishi kutilmoqda – Gidrometeorologiya xizmati
11:47 / 26.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:15 / 26.01.2026