Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Polshadan Starlink'ning yangi partiyasini oldi
Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimi terminallarining yangi partiyasi Ukrainaga Polshadan yetib keldi, deb ma’lum qildi mamlakat raqamli transformatsiyalar vaziri Mixaylo Fedorov.
Terminallar allaqachon mamlakat bo‘ylab issiqlik punktlariga jo‘natilgan, ba’zilari esa energetika va tibbiyot sohalarini qo‘llab-quvvatlash uchun berilgan, deya qo‘shimcha qildi u.
«Bu Polshadan Starlink qurilmalarining uchinchi partiyasidir. Oldingilari bilan birgalikda - bu 20 mingga yaqin terminal», - dedi vazir.
Bundan oldin SpaceX hozirda Eron ustida 100 ga yaqin faol Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga ega ekani, ular mamlakatni internet bilan ta’minlayotgani aytilgandi.
Starlink — global sun’iy yo‘ldosh tizimi bo‘lib, ishonchsiz, qimmat yoki umuman aloqa yo‘q joylarda yuqori tezlikdagi keng polosali internetni taklif etish uchun SpaceX kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.
Hozirgi vaqtda Yer orbitasida joylashgan 3200 dan ortiq SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlari dunyoning eng chekka burchaklariga yuqori tezlikdagi va keng polosali internetni taqdim etadi.
SpaceX Yer orbitasida 12 mingta sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini qurishni maqsad qilgan. Loyihani 2027 yilda yakunlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026