Jahon | 13:01 / 02.01.2023
12052
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bir kechada Rossiyaning 41 ta dronini urib tushirdi

2 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina armiyasi Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainadagi nishonlarga uchirilgan Eronning 39 ta Shahed-131/136 zarba beruvchi dronlarini yo‘q qildi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy kuchlari qo‘mondonligi. 

Foto: Picture Alliance

Bundan tashqari, ikkita «Orlan-10» operativ-taktik uchuvchisiz uchish apparati va X-59 boshqariladigan aviatsiya raketasi urib tushirilgan.

Avvalroq Ukraina aviatsiyasi va zenit-raketa qo‘shinlari Dnepropetrovsk va Zaporijjya viloyatlari uzra 6 ta Shahed zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlari va bitta X-59MK2 yuqori aniqlikdagi boshqariladigan raketani yo‘q qilgandi.

Ukraina Qurolli kuchlarining «Vostok» havo qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, yana 3 ta Shahed dronlari quruqlikdagi qo‘shinlar havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan.

Shu bilan birga, Kiyev osmonida 16 ta havo nishoni urib tushirildi, deb xabar berdi shahar harbiy boshqarmasi. 

Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, Desnyanskiy tumanidagi yo‘lga uchuvchisiz uchish apparati bo‘laklari qulagan, yaqin atrofda joylashgan uylardan birining oynalari shikastlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid