Germaniya muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga berishi mumkin
Biroq, bu borada yakuniy pozitsiya hali ishlab chiqilmadi.
Germaniya rasmiylari Ukrainani qayta tiklash uchun sanksiyalar oqibatida muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilishni muhokama qilmoqda. Biroq, bu boradagi yakuniy pozitsiya hali ishlab chiqilmagan. Ukrainadagi urushga aloqadorligi isbotlangan rossiyaliklarning aktivlarini musodara qilish — variantlardan biri bo‘lishi mumkin.
Bloomberg nashrining yozishicha, Germaniya hukumati ichida Rossiya aktivlarini musodara qilish masalasida haligacha yagona pozitsiya yo‘q.
Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya Markaziy bankining 2022 yil bahorida muzlatilgan oltin-valuta zaxiralarini musodara qilishni taklif etmoqda. O‘z navbatida, Germaniya Moliya vazirligi rahbari Kristian Lindner Markaziy bank aktivlarini musodara qilish xavfli pretsedent yaratishi va ittifoqchilarni «huquqiy botqoqqa» botirishi mumkin, deb hisoblayapti. Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya aktivlarini musodara qilish ittifoqchilar bilan kelishib olinishini istamoqda.
Bloomberg manbasiga ko‘ra, ba’zilar urushga bevosita aloqador shaxslarning mol-mulkini musodara qilish qonuniy jihatdan foydaliroq bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, ular urush bilan shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini isbotlovchi uzoq sud jarayonlari tufayli bu jarayon yillarga cho‘zilib ketishi mumkinligidan cho‘chishadi.
O‘tgan yilning bahorida Yevropa Ittifoqi Markaziy bankning 640 milliard dollarlik oltin-valuta zaxiralarining qariyb 300 milliard dollarini muzlatib qo‘ygan edi. Ukraina va Yevropa Ittifoqi rasmiylari harbiy harakatlar tugaganidan keyin Ukrainani tiklash uchun ulardan foydalanishni bir necha bor taklif qilishdi. Kreml Markaziy bank aktivlarining musodara qilinishini noqonuniy deb hisoblashini bildirdi.
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:56 / 17.11.2024