![](https://storage.kun.uz/source/9/eliD2NTqeoPI-IUsXX220IzJcotmnoJV.jpg)
Foto: KUN.UZ
Sayyid Rahmatulloh Termiziy nomi bilan tanilgan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasida ishlab kelgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov bu lavozimdan ozod etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rahmatulloh domla o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.