Toşkent şahridagi «Minor» va «Mirza Yusuf» («Bodomzor») masjidlariga yangi imom-xatib tayinlandi.

«Minor» masjidi

Özbekiston musulmonlari idorasi xabar berişiça, 21 oktabr kuni ötkazilgan poytaxt imom-xatiblari yiğilişida Toşkent şahri boş imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.

2019 yildan şu kunga qadar «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasida işlab kelgan Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi «Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga ötkazildi.

Foziljon domla Ubaydullayev

Ma'lumot uçun, «Mirza Yusuf» masjidiga 2016 yildan buyon Rahmatulloh domla Sayfuddinov imomlik qilib kelgandi. 

19 oktabr kuni Toşkent şahri boş imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangaç, uning örnini Rahmatulloh Sayfuddinov egalladi.

Nuriddin Xoliqnazarov va Rahmatulloh Sayfuddinov
Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi