Oylar sultoni muborak Ramazon oyi munosabati bilan Kun.uz tahririyati öz öquvçilariga yangi turkum körsatuvlarini taqdim etib boradi.
Körsatuvimizning ilk soni «Vaqt qadri» deb nomlandi. Bu mavzuda söz yuritiş uçun Toşkent şahar Mirza Yusuf jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinovga murojaat qildik.
Islomda vaqt ifodasi
Dini Islomda eng avvalgi mezon – Qur'oni Karim hisoblanadi. Unda zikri kelgan har bir narsa mötabardur. Uning içida yana alohida mezonlar bor. Uning eng kattasi – Alloh subhanahu taoloning qasam içib keltirgan narsalari böladi. Masalan, vaqtni ifoda etgan kalimalarning Qur'onda juda köp kelişligi bir mezon bölsa, ikkinçisi ana şu narsalar bilan Alloh taoloning qasam içişidir. Albatta, Alloh mayda narsalarga qasam içmaydi.
Mufassirlar Alloh Qur'onda nima uçun qasam içgan, degan savolga javob berar ekan, öşa tomondagi narsaning qadrini bayon qiliş usuli deyişadi. Masalan, Alloh Qur'oni Karimda Al-asr surasining birinçi oyatida «Val asri», deb, asr bilan qasam içgan. Asr – bu ma'lum vaqtni ifodalovçi söz, yuz yillikni anglatuvçi vaqtga asr deyiladi. Yoki zamon ma'nosini beradi. Allohning yuz yillik vaqt – asr bilan qasam içişi vaqtning mötabarligini körsatadi.
Bunday oyatlar köp. «Vaz-zuho» – zuho-çoşgoh vaqtiga qasam. «Vaş-şamsi» – quyoşga qasam. «Val-layli» – keça bilan qasam. Nima uçun quyoş bilan qasam içilmoqda? Negaki, Quyoş, Yer va Oyning özaro uzviy harakati bizga – 24 soatlik vaqtni ifoda etadi.
Şu örinda qiziq savol tuğiladi: Quyoş, Yer va Oy bu bizning galaktikamizda. Fazoning boşqa joylarida-çi? Quyoş, Yer va Oy bölmagan joylarda vaqt qanday ölçanadi?
Bu masala Alloh taoloning qudratiga va ilmiga havola qilingan narsa.

Rahmatulloh domla Sayfuddinov
Ötgan asr oxirlarida doktor Muhammad ismli misrlik olim Nobel mukofotiga sazovor bölgandi. U bir soniyani ming qismga taqsimlab, isbotlab bergandi. Bir soniyaning mingga bölinişi vaqt uzayişi, çözilişi deyiladi.
Islomda esa, «Bastu zamon va makon» degan ta'limot – vaqtning çözilişi, kengayişi bor. Masalan, ötgan asrlarda şunday bir zotlar bölgan yoki ayrim zamondoş ulamolarning yozgan asarlari bilan tanişsak, ularda ham bizlardagi kabi taşvişlar bölgan, oila, marosimlar, tadbirlar, safarlar böla turib, ularni bunçalik köp ijod qilganliklarini aql kötara olmaydi.













