Jahon | 11:02 / 04.01.2023
11087
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiya generallarini fuqarolik obektlarini o‘qqa tutishda aybladi

Ukraina Xavfsizlik xizmati ("SBU") mamlakatdagi fuqarolik obektlarining o‘qqa tutilishi bo‘yicha birinchi shubhalarni e’lon qildi. 

Foto: AP

Tergovchilar Rossiya oliy qo‘mondonligining ikki vakili - Rossiya Qurolli kuchlari Aerokosmik kuchlarining uzoq masofali aviatsiyasi qo‘mondoni, general-polkovnik Sergey Kobilash va Rossiya HDF Qora dengiz flotining sobiq qo‘mondoni, admiral Igor Osipov bo‘yicha «yuqori sifatli» dalillar bazasini to‘plashdi, deb xabar berdi "SBU" matbuot xizmati.

Har ikkisiga ham mamlakat Jinoyat kodeksining ikki moddasi - agressiv urushga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish hamda Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish bo‘yicha ish ochilgan.

«Bular Ukrainaning mamlakatdagi fuqarolik obektlarini o‘qqa tutish bo‘yicha e’lon qilayotgan birinchi shubhalari», deyiladi xabarda. 

Ushbu moddalar bo‘yicha eng yuqori jazo umrbod qamoq jazosidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid