Jahon | 11:14 / 05.01.2023
9687
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina: Baxmutning 60 foizdan ko‘prog‘i vayron bo‘lgan

Janglar va Rossiyaning Baxmutga hujumi davomida shaharning 60 foizdan ortig‘i vayron qilingan. Bu haqda Donetsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko ma’lum qildi. 

Foto: Picture Alliance

Uning so‘zlariga ko‘ra, 4 yanvar kuni Baxmutning artilleriyadan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki ayol kishi halok bo‘lgan. 

«Dushman shaharga kirishga qancha urinmasin, u oldinga siljimaydi. U nima bo‘lmasin, avvalgi pozitsiyalariga, ya’ni shahar tashqarisiga chiqarib tashlandi. Aslida ular hozir tekis hamda bo‘shab qolgan hududda. Bu haqda shaxsiy tarkib orasida katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda», dedi Kirilenko umummilliy telemarafon efirida.

Amerika urushni o‘rganish institutining (Institute for the study of war, ISW) yangi xulosasiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Donetsk viloyatining Baxmut hududida hujum sur’atini saqlab qolishi qiyin bo‘lishi mumkin. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya kuchlarining imkoniyatlariga Britaniya Mudofaa vazirligi ta’riflagan o‘q-dorilar taqchilligi ham, so‘nggi haftalarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining katta yo‘qotishlari ham ta’sir qilishi mumkin. 

Rossiyaning Baxmutga davom etayotgan va resurs talab qiladigan bosimi Rossiyaning Donbass harbiy harakatlar teatrida uzoq muddatli maqsadlarga erishish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin, deydi tahlilchilar.

Ularning ta’kidlashicha, bahor va yozda rus qo‘shinlari Severodonetsk va Lisichanskni egallash uchun katta resurs sarflagan.

Mavzuga oid