Sport | 17:14 / 06.01.2023
29591
2 daqiqa o‘qiladi
2022 yilning eng yaxshi sportchilari e’lon qilindi
Lionel Messi Fransiyaning L’Equipe nashri tomonidan 2022 yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Fransuz nashri Argentina milliy jamoasi safida JCh-2022 chempioniga aylangan 35 yoshli hujumchini yilning tengsiz sportchisi deb e’lon qildi. Mundial finalida het-trikka erishgan Fransiya milliy jamoasi goleadori Kilian Mbappe esa 2-o‘rindan joy olgan. «PSJ» hujumchisi JCh-2022ning eng yaxshi to‘purariga aylangandi. Uchinchi o‘ringa ispaniyalik tennischi Rafael Nadal munosib ko‘rilgan.
Amaldagi «Oltin to‘p» sohibi Karim Benzema ro‘yxatda 6-o‘rindan joy olgan.
L’Equipe talqiniga ko‘ra, 2022 yilning eng yaxshi sportchilari top-10ligi:
- Lionel Messi (futbol, 808 ball)
- Kilian Mbappe (futbol, 381)
- Rafael Nadal (tennis, 285)
- Remko Evenepul (velosport, 252)
- Maks Ferstappen (Formula-1, 196)
- Karim Benzema (futbol, 195)
- Arman Dyuplantis (yengil atletika, 185)
- Stefen Karri (basketbol, 139)
- Antuan Dyupon (regbi, 105)
- David Popovich (suzish, 98).
Ma’lumot uchun, L’Equipe 1975 yildan buyon jahonning eng yaxshi sportchisi nomini e’lon qilib kelmoqda.