Jahon | 18:21 / 06.01.2023
16074
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada svetoforning yangi - oq signali joriy etiladi

U yangi qoidalarni kiritmaydi, lekin baxtsiz hodisalar darajasini pasaytiradi.

Foto: TASS

Rossiyada 1 martdan svetoforning yangi signali joriy etiladi. Piyoda va yo‘nalish ko‘rsatkichi ifodalangan oq rangli tasvir haydovchini piyodalar o‘tish joyi borligidan, undan piyodalar yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Oq rang svetoforning asosiy ranglari ostida joylashtiriladi. Bu haydovchilarning e’tiborini jalb qilishi kerak. Bunday signal allaqachon ayrim hududlarda sinovdan o‘tkazilgan va yuqori samaradorlikni ko‘rsatib, avariyalar darajasini pasaytirgan.

Ushbu signal yangi qoidalarni kiritmaydi, chunki haydovchi baribir chorrahada piyodalarga yo‘l berishga majburdir. Uning asosiy maqsadi - haydovchini ogohlantirish, qo‘shimcha ma’lumot berish.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid