O‘zbekiston | 08:50 / 07.01.2023
2305
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddati belgilanadi

Foto: Kun.uz

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlanishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

  • qarorning 2 va 5-bandlaridagi vazirlikning bugungi kundagi nomlariga o‘zgartirish;
  • 6-bandida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ishchi komissiyalar tarkibini belgilash;
  • qaror bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandida fuqarolarning ayrim toifalari uchun ustuvor tartibni belgilash;
  • 10-bandida kasanachilik asosida ishga qabul qilingan fuqarolarga elektron mehnat daftarchalari yuritilishini belgilash.
  • 12-bandida kasanachilik faoliyati bo‘yicha ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etish;
  • 14-bandida kasanachining elektron mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan yuritilishi belgilash;
  • 27-bandida kasanachining ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi va eng yuqori miqdor bilan cheklanmasligini belgilash;
  • 36-bandida kasanachining har yilgi mehnat ta’tili muddatlarini belgilash;
  • Vazirlar Mahkamasi qarori 1-bandida ish beruvchi va kasanachi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar Davlat soliq qo‘mitasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida majburiy tartibda ish beruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishini belgilash.

Mavzuga oid