Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya shou-biznesining ko‘plab vakillariga qarshi sanksiyalar qo‘lladi
Ro‘yxatda taniqli shaxslar bor, ularga Ukraina hududida ko‘plab cheklovlar qo‘yildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik 119 nafar madaniyat xodimiga nisbatan shaxsiy sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Xususan, qora ro‘yxatga qo‘shiqchi Basta, Irina Allegrova, Dmitriy Bilan, Mixail Galustyan, Larisa Dolina, Filipp Kirkorov, Sergey Lazarev, Yevgeniy Petrosyan, rejissyor Nikita Mixalkov kiritildi.
Bundan tashqari, siyosatshunos Aleksandr Dugin, RT rahbari Margarita Simonyan, teleboshlovchi Dmitriy Kiselyov va Leonid Yakubovich, aktyor Dmitriy Dyujyev va Dmitriy Xaratyan, qo‘shiqchi Rodion Gazmanov, Vladimir Presnyakov, Aleksandr Buynov, Lolita, teleboshlovchi Janna Badoyeva ham cheklovlarga duch keldi.
Sanksiyalar Ukrainadagi aktivlarni muzlatish, savdo operatsiyalarini cheklash, Ukraina hududida harakatlanishni taqiqlash, mamlakatning davlat mukofotlaridan mahrum qilish, viza olishni taqiqlash va boshqa cheklovlarni nazarda tutadi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Ukraina pravoslav cherkovining 13 ruhoniysi fuqaroligini to‘xtatib qo‘ygandi. Ular Rus pravoslav cherkovi bilan hamkorlik qilganlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026