Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tug‘ilgan yigit «Vagner» tarkibida Donbassda halok bo‘ldi
U 1993 yilda Sharg‘unda tug‘ilgan, 10 yoshligida oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.
Foto: EPA
Ukrainaning Donbass hududidagi janglarda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi a’zosi, asli surxondaryolik Sardor Sa’dullayev Ismatullo o‘g‘li halok bo‘ldi.
Bu haqda Boshqirdistonning Burayevo qishlog‘i ma’muriyati rahbari Rushan Garayev ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Uning yozishicha, 29 yoshli yigit bilan vidolashuv marosimi 7 yanvar kuni Burayevo qishlog‘ida o‘tkazilgan.
Xabarda keltirilishicha, Sardor Sa’dullayev 1993 yil 9 mayda O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Sharg‘un shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda oila Rossiyaning Burayevskiy tumani, Burayevo qishlog‘iga ko‘chib o‘tgan. 2010 yilda 3-sonli o‘rta maktabning to‘qqizinchi sinfini tugatgach, Ufa neft kollejiga o‘qishga kirgan, u yerdan RF Qurolli Kuchlari safiga chaqirilgan.
Sardor Sa’dullayev Anapa shahridagi havo-desant qo‘shinlarida xizmat qilgan. Harbiy xizmatni o‘tab, ishga joylashgan, uylangan. Oilasida bir yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan uch nafar bola tarbiyalanmoqda. 2022 yil sentabr oyida «Vagner» XHK tarkibiga ko‘ngilli ravishda a’zo bo‘lib, Ukrainadagi urushga jo‘nagan.
Mavzuga oid
21:42 / 28.04.2026
Tuapsega navbatdagi hujum: portda – kuchli yong‘in, shaharda – tutun va qurum
20:54 / 28.04.2026
Zelenskiy Isroilni o‘g‘irlangan donni sotib olishda aybladi
21:16 / 27.04.2026
Ukraina YeI a’zosi bo‘lish uchun o‘z hududlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi – Mers
17:40 / 27.04.2026