Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda tuman XTBlaridan biriga qarashli bino yonib ketdi
Olov XTB binosiga tutash bo‘lgan fuqaroning xonadoniga ham o‘tgan
Qashqadaryo viloyati Koson tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli bino yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa 2013 yil 14 yanvar kuni soat 20:17 larda sodir bo‘lgan. Koson tumani "Saripul" MFYda joylashgan XTBning qo‘shimcha 1 qavatli binosida yong‘in chiqqan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb qilinib, soat 21:20 larda yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida XTB binosining 40 metr kvadrat maydoni va unga yondosh bo‘lgan fuqaroga tegishli uyning 10 metr kvadrat maydonda tom qismi zarar ko‘rgan.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim jarohat olmagan.