Jahon | 11:52 / 19.01.2023
5230
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Rossiya fuqarosi pul yuvishda gumonlanib qo‘lga olindi

Bitzlato kriptobirjasi asoschisi Anatoliy Legkodimov pul yuvishda gumon qilinmoqda. U 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Foto: pymns

AQSh Adliya vazirligi 18 yanvar, chorshanba kuni «Gendalf» va «Tolik» laqablari bilan mashhur bo‘lgan 40 yoshli Rossiya fuqarosi Anatoliy Legkodimov qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Legkodimov - Bitzlato kriptobirjasining asoschisi, u pul yuvishda gumon qilinmoqda.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Legkodimov Mayyamida yashab, «jinoiy yo‘l bilan olingan pullarni o‘tkazish bilan shug‘ullangan». Shuningdek, tergovchilarga ko‘ra, u «AQSh standartlariga, jumladan, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash talablariga javob bermaydigan» pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Agar Legkodimov aybdor deb topilsa, u 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Adliya vazirligining press-relizida aytilishicha, Hongkongda ro‘yxatdan o‘tgan Bitzlato kriptobirjasi «700 million dollardan ortiq (taxminan 650 million yevro) noqonuniy mablag‘larni qayta ishlagan, bunga tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi to‘lov dasturlaridan daromadlar ham kiradi». Adliya vazirligining xabarida aytilishicha, kriptovaluta bilan tranzaksiyalarda «Gidra» darknet-marketpleysi kriptovalutaning eng yirik kontragenti bo‘lgan, u 2022 yil aprel oyida yopilgan.

Mavzuga oid