Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, «butun dunyo mamlakatlari» Vashingtonga AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro tufayli Ho‘rmuz bo‘g‘ozida to‘xtab qolgan kemalarini ozod qilishni so‘rab murojaat qilgan.
Foto: AP
AQSh 4 may kuni ertalab Yaqin Sharq vaqti bilan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod qilish» operatsiyasini boshlaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «butun dunyo mamlakatlari» Vashingtonga AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro tufayli Ho‘rmuz bo‘g‘ozida to‘xtab qolgan kemalarini ozod qilishni so‘rab murojaat qilgan.
«Biz Eron, Yaqin Sharq va AQSh manfaati uchun bu mamlakatlarga ularning kemalarini ushbu cheklangan suv yo‘llaridan xavfsiz o‘tkazamiz, shunda ular o‘z ishini erkin va to‘laqonli davom ettirishlari mumkin... bu jarayon, Project Freedom («Ozodlik loyihasi») dushanba kuni ertalab Yaqin Sharq vaqti bilan boshlanadi», dedi Amerika rahbari.
Shu bilan birga, Tramp agar operatsiyaga kimdir to‘sqinlik qilishga urinsa, AQSh kuch bilan javob berishini aytdi.
«Agar bu gumanitar jarayonga qandaydir tarzda to‘sqinlik qilinsa, bunday aralashuvni, afsuski, kuch bilan hal etishga to‘g‘ri keladi», deb yozdi Tramp.
AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotlariga ko‘ra, kemalarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishini ta’minlash bo‘yicha «Ozodlik» operatsiyasiga esminetslar, samolyotlar va 15 ming harbiy xizmatchi jalb qilinadi.
Operatsiyaga Davlat departamenti va AQSh Qurolli Kuchlari markaziy qo‘mondonligi kemachilik erkinligi dengiz koalitsiyasi doirasida rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid
07:31
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
17:31 / 03.05.2026
“AQSh-Eron: Tramp imkoniyat oynasini ochiq qoldiryapti” - siyosatshunos
13:10 / 03.05.2026