O‘zbekiston | 09:30 / 20.01.2023
7761
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekistonga qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

Tojikistondan import qilinayotgan elektr energiyasi Surxondaryo viloyatidagi iste’molchilarga uzatilmoqda.

Foto: Reuters

Aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikistondan Surxondaryoga qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ viloyat filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 18 yanvar kuni Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlari 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlari 90 foiz va Boysun Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari to‘liq Tojikistonning «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan ta’minlangan.

Viloyatning Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 30 foiz, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foiz hamda Termiz shahridagi barcha iste’molchilari 196 MVt yuklama bilan O‘zbekiston orqali kuchlanish bilan ta’minlanmoqda.

«Tojikistonning «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani ko‘tarish qobiliyati 250 MVtga mo‘ljallangan.

Ularining birortasi favqulodda o‘chib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari bo‘yicha Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirig‘i va Surxondaryo hududiy dispetcherlik bo‘limi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning o‘zidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan 6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqozo etiladi», deyiladi xabarda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid