O‘zbekiston | 14:25 / 23.01.2023
8326
2 daqiqa o‘qiladi

"Aholining elektron davlat reyestri" axborot tizimi ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining “Aholining elektron davlat reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish jarayonini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari vazirligiga “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilanganini inobatga olib, tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlari mo‘ljallanmoqda.

Qaror loyihasi bilan aniq me’yorlar belgilab olinadi, xususan:

jismoniy shaxsning JShShIR shakllantirilganda va jismoniy shaxsga biriktirilganda, u haqdagi ma’lumotlarni “Aholining elektron davlat reyestri” tizimiga avtomatik ravishda qo‘shish;

jismoniy shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni qayta ishlash, shu jumladan axborot xavfsizligi talablariga muvofiq ushbu davlat organlari va boshqa tashkilotlarga kirish huquqini taqdim etish;

ma’lumotlarning zaxira nusxalarini shakllantirish va uzluksiz telekommunikatsiya vositalari orqali asosiy va zaxira nusxalarining o‘zaro ishlashini ta’minlash;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) orqali jismoniy shaxsga aholi reyestridagi o‘z ma’lumotlaridan yoki uning qonuniy vakili hisoblangan shaxslarning ma’lumotlaridan foydalana olishini ta’minlash;

Yagona portal va mobil aloqa orqali davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga jismoniy shaxsning ma’lumotlaridan foydalana olish huquqi taqdim etilganda, unga elektron xabarnomalarni yuborish;

aholi reyestrining elektron hujjatlari repozitoriysini yaratish va yuritish;

shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ma’lumotlarni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlar belgilab olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid