Milliy statistika qömitasi taqdim etgan ma’lumotlarga asosan, iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng köp band aholi qişloq, örmon va baliq xöjaligida faoliyat yuritmoqda. Uşbu sohada bandlar soni 3 million 132,6 ming nafarni taşkil etgan.

Şuningdek, boşqa turdagi xizmatlar körsatiş sohasida 2 million 661,8 ming kişi iş bilan band. Işlab çiqariş sanoatida 1 million 699,6 ming nafar, ulgurji va çakana savdo, şuningdek motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlaş sohasida 1 million 507,9 ming nafar faoliyat olib bormoqda.

Quriliş sohasida 1 million 450,5 ming kişi mehnat qilsa, ta’lim tizimida 1 million 367,6 ming nafar aholi band. Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida 719,4 ming, davlat boşqaruvi va mudofaa hamda majburiy ijtimoiy ta’minot sohasida esa 637 ming kişi faoliyat yuritmoqda.

Bundan taşqari, taşiş va saqlaş sohasida 584,6 ming, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlarda 389,5 ming nafar aholi işlaydi. Professional, ilmiy va texnik faoliyat sohasida 152,6 ming, axborot va aloqa sohasida 108,8 ming, moliyaviy va suğurta faoliyatida esa 82,9 ming kişi band ekani qayd etilgan.

Şu bilan birga, elektr, gaz, buğ bilan ta’minlaş va havoni konditsiyalaş sohasida 70,7 ming, köçmas mulk bilan operatsiyalarda 67,8 ming, san’at, köngil oçiş va dam oliş sohasida 66,9 ming, toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş sohasida 66,7 ming, suv bilan ta’minlaş va çiqindilarni utilizatsiya qiliş sohasida esa 52,8 ming kişi mehnat qilmoqda.

Uşbu raqamlar mamlakat mehnat bozorida qişloq xöjaligi, sanoat, savdo va xizmat körsatiş sohalari yetakçi örin tutayotganini körsatadi.