Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqarolarga tegishli avtomobillar soni yarim milliondan oshdi
Toshkent shahri aholisiga tegishli yengil avtomobillar soni yarim milliondan oshdi.
Foto: Kun.uz
2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 mingtani tashkil etmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning 1 yanvar holati bilan solishtirilganda 94,9 mingtaga oshgan.
2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.
Mavzuga oid
09:13
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48 / 31.03.2026
Havo sifati yomonlashganda davlat xizmatchilari uydan ishlashga o‘tkazilishi mumkin
15:29 / 31.03.2026