Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 1200 kishidan oshdi
Yerosti silkinishlari bir qancha viloyatlar va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan, Turkiyada yuzlab binolar vayron bo‘lgan, qurbonlar soni ortib bormoqda.
Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 1200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 912 kishini tashkil qildi, 5385 kishi jarohat oldi, dedi 6 fevral, dushanba kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Uning o‘rinbosari Fuat O‘qtoyning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning turli shaharlarida kamida 1710 ta bino vayron bo‘lgan yoki shikastlangan. Suriya hukumati kamida 320 kishi halok bo‘lganini va 600 dan ortiq odam jarohatlanganini qayd etgan, deya xabar beradi Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi. O‘z navbatida, isyonchilar nazorati ostidagi hududlarda faoliyat yurituvchi SAMS xayriya tashkiloti ushbu hududlarda 120 dan ortiq o‘lim haqida xabar berdi.
Afad ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Qahramanmarash viloyati mahalliy vaqt bilan ertalab soat 4lar atrofida 7,4 magnitudali zilzila episentriga aylandi. Ko‘p o‘tmay Gaziantep viloyatida 6,6 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. So‘ngra yarim soat davomida turli mintaqalarda, jumladan, poytaxt Anqara, Adana, Nevshehir, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Hatayda yerosti silkinishlari sezildi. Al Arabiya telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Iroq va Livanning ayrim hududlari aholisi tomonidan sezilgan. Bundan tashqari, Isroilda silkinishlar sezilarli bo‘lgan.
Keyinchalik yana 42 dan ortiq silkinishlar (aftershoklar) sodir bo‘ldi, ularning eng kuchlisi 6,6 ballni tashkil etdi. Yerosti silkinishlari Turkiyaning bir qancha hududlarida: Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfa, shuningdek, Suriya, Livan, Iroq, Misr, Gretsiya, Kipr, Armaniston va Isroilda sezildi. Italiya Turkiyadagi zilziladan keyin sunami xavfini e’lon qildi, biroq tez orada bu xabar bekor qilindi.
Turkiya hukumati ogohlantirishning eng yuqori darajasini e’lon qildi. «Mamlakatda ogohlantirishning eng yuqori - to‘rtinchi darajasi e’lon qilindi. Favqulodda vaziyatlar departamenti bilan birgalikda hududlarga qutqaruvchilarni jo‘natdik», - dedi ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026