O‘zbekiston | 13:12 / 08.02.2023
5002
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi qator obektlarga tashrif buyuradi

Bugun, 8 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida joylashgan qator obektlarga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, davlat rahbari yerusti metrosini qurish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.

Bundan tashqari, prezident transformatorlar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 

Mas’ullar va jamoatchilik vakillari ishtirokida dolzarb masalalarni muhokama qilish ham kutilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid