Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:12 / 10.02.2023
5126
1 daqiqa o‘qiladi
Tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish mezonlari belgilandi
Prezidentning “Tadbirkorlik sub’yektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan tadbirkorlik sub’yektlari quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratiladi:
kichik tadbirkorlik sub’yektlari:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirmalar – ta’sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
- kichik korxonalar – jami daromadi kalendar yil davomida 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta’sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
- o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari;
- yirik tadbirkorlik sub’yektlari – jami daromadi kalendar yil davomida 100 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025