Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaporijjya Rossiya qo‘shinlarining kuchli hujumiga uchradi
Zaporijjya Rossiya qo‘shinlari tomonidan keng ko‘lamli urush davrida eng katta hujumga uchradi, deb xabar berdi Zaporijjya shahar kengashi kotibi Anatoliy Kurtev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir soat ichida rossiyaliklar shaharga 17 marta zarba bergan, energetika infratuzilmasi obektlariga hujum qilingan.
Qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.
Bugun, 10 fevral kuni Ukrainaning bir qator viloyatlarida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchuvchisiz uchoqlar uchirilishi munosabati bilan havo ogohlantirish rejimi ishga tushirildi.
Dnipropetrovsk viloyati aholisi mahalliy viloyat harbiy ma’muriyati tomonidan hujum haqida ogohlantirildi, Mikolayiv viloyatida kamida bitta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi, deb xabar berdi viloyat politsiya boshqarmasi boshlig‘i Sergey Shayxet.
Mavzuga oid
08:44 / 05.06.2026
Rossiya dronlari Zaporijjya va Konotopga hujum qildi
11:06 / 24.03.2026
Ukraina yana raketa va dronlar hujumi ostida qoldi
10:23 / 26.02.2026
Rossiya Kiyev, Xarkiv va Zaporijjyaga zarba berdi
09:11 / 04.02.2026