Amerikalik saxiy inson zilzila qurbonlariga 30 million dollar xayriya qildi
U o‘z shaxsini sir bo‘lib qolishini istagan.
Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan AQSh fuqarosi Turkiya va Suriyadagi zilzilada jabrlanganlarga 30 million dollar xayriya qildi. U o‘z shaxsini sir bo‘lib qolishini istadi. Bu haqda Guardian xabar berdi.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasiga kirib, zilzila qurbonlariga xayr-ehson qilgan noma’lum vatandoshining «o‘rnagidan qattiq ta’sirlanganini» aytdi.
«Bu insoniyatga yengib bo‘lmasdek ko‘rinadigan qiyinchiliklar ustidan g‘alaba qozonish imkonini beradigan saxiylikdir», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Qayd qilinishicha, xayriya mablag‘i BMT Jahon oziq-ovqat dasturi Turkiyadagi kamida 590 ming va Suriyadagi 284 ming kishini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun 77 million dollar kerakligini ma’lum qilganidan keyin berilgan.
13 fevral holatiga Turkiya va Suriyaning ayrim hududlarida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 33 mingdan oshdi. Qutqaruv guruhlarining omon qolganlarni topishga bo‘lgan umidlari kundan-kunga so‘nib bormoqda va bu yo‘qotishlar soni yanada ortishi deyarli aniq.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «dafn etish»ga va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024