Suvsiz, ovqatsiz 8 kun: navbatdagi qutqaruv rekordlari
Turkiyada vayronalar orasida qolganlarni qidirish, jasadlarni chiqarib olish harakatidagi qutqaruvchilar hamon zilziladan omon qolganlarni topishmoqda. Vaziyatni daqiqama-daqiqa yoritib borayotgan turk matbuoti bu holatlarni mo‘jiza deb atayapti.
175 soatdan so‘ng...
Hatayda zilziladan 175 soat o‘tib Naida Umay ismli ayol qutqarildi. Vayronalar ostidan ming bir mashaqqat bilan olib chiqilgan ayol olqishlar ostida shifoxonaga yetkazilgan. U 8 kun och-nahor qolgan va holsizlangan bo‘lsa-da, qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarining savollariga javob bergani aytilmoqda.
176 soatdan so‘ng...
Hatay viloyatining ma’muriy markazi Antakya shahridagi turar joy majmuasi vayronalaridan ulug‘ yoshdagi Serap Do‘nmas ismli ayol qutqarilgan. Guvohlarga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasida qatnashganlar quvonchdan yig‘lagan, ayol tashqariga olib chiqilgach olomon orasidan “Onajon” degan hayqiriqlar eshitilgan.
177 soatdan so‘ng...
Vayronalar orasidan kelgan ovozni payqagan qutqaruvchilar Antakyada yana bir insonning hayotini saqlab qolishdi. Qo‘rqmas turar joy majmuasida yashagan Daryo Oqdo‘g‘an hayot uchun 177 soatlik kurashdan so‘ng omon qoldi.
178 soatdan so‘ng...
Adiyamanda qulagan bino vayronalari orasidan 6 yoshdagi Miray ismli bola omon chiqdi.
Shuningdek, Antakya shahrining Jabroil mahallasida uch qavatli binoda yashagan 70 yashar Nuray Gyurbuz qutqarildi.
182 soatdan so‘ng...
Antakyada yana bir qutqaruv rekordi qayd etildi. 12 yashar Kaan ismli o‘smir zilziladan 182 soat o‘tib vayronalar orasidan olib chiqildi.
198 soatdan so‘ng...
Turk harbiylaridan iborat qutqaruv guruhi Adiyamanda qulagan 7 qavatli bino xarobalari orasidan 18 yashar Muhammad Chetinni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Xuddi shuncha vaqtdan so‘ng vayronalar orasida tuzoqqa tushib qolgan ikki aka-uka – 17 yoshdagi Muhammad Enes Yeninar hamda 21 yashar Boqi Yeninar ham qutqarildi.
Önce 17 yaşındaki Muhammed Enes'e, ardından da ağabeyi 21 yaşındaki Baki'ye ulaşıldı
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) February 14, 2023
Kahramanmaraş'ın merkez Dulkadiroğlu ilçesinde depremin 198. saatinde iki kardeş enkaz altından çıkarıldı https://t.co/0prW9wEwPv pic.twitter.com/r2SQR6BSi7
Ularni olib chiqish uchun beton plitalar teshilib, 5 metrli tuynuk ochildi. Aka-ukaning tirik ekanini bildirish uchun muntazam devorni urib turishgan. Tunda boshlangan qutqaruv operatsiyasi tonggacha davom etgan.
❝9 gün sonra çıkıyoruz sağ salim❞
— ANADOLU AJANSI (@anadoluajansi) February 14, 2023
Kahramanmaraş Dulkadiroğlu'nda depremin 198. saatinde enkazdan çıkarılan Yeninar kardeşlere ilk ulaşılma anı kameralara yansıdı https://t.co/0prW9wEwPv pic.twitter.com/LTTaWnTmzs
205 soatdan so‘ng...
Qahramonmarashda 35 yashar Oyshagul Bayir 6 fevraldagi zilziladan 205 soat o‘tib qutqarildi.
207 soatdan so‘ng...
Adiyamandagi vayronalar orasidan 12 yashar Berat Yujal zilziladan 207 soat o‘tib tirik holda topildi. Olqishlar ostida qutqarilgan bolakay tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
Anadolu axborot agentligi xabariga ko‘ra, uning otasi, aka va opalarini qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:37 / 22.11.2024
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
16:56 / 22.11.2024
Turkiyaga me’yordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirgan o‘zbekistonliklar qamoqqa olinmoqda
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
11:40 / 19.11.2024